Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Vilyarreal”ga qarshi (3:2) Ispaniya chempionati 24-tur o`yinida penaltidan gol urdi.
Ronaldu mazkur goli orqali La Ligada penaltidan kiritilgan gollari sonini 57 taga etkazib, mutloq rekordchiga aylanib oldi.

Portugaliyalik futbolchi jamoaning sobiq a`zosi Ugo Sanchesdan bitta golga oshib ketdi. 32 yoshli Ronaldu joriy mavsumda Ispaniya chempionatida jami 15 ta gol urdi.






