“Barselona” jamoasi Ispaniya chempionatin 24-turida safarda “Atletiko”ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Mazkur g`alaba Lionel Messi uchun klub safidagi chempionatda 277-si bo`ldi. Argentinalik futbolchi shu tariqa Dani Alvesni ortda qoldirdi va legionerlar orasida rekordchiga aylanib oldi.
Shuningdek, Messi “Barselona” safida barcha musobaqalarda 400-g`alabasini qo`lga kiritdi. Bu borada Xavi (476 g`alaba) va Andres Inesta (417 g`alaba) Messidan oldinda xolos.
Avvalroq 29 yoshli futbolchi ketma-ket 9 mavsum davomida 20 va undan ortiq gol urgani haqida xabar qilingandi.






