Toshkent viloyati Qibray tumani “Yoshlik” MFYda yashovchi, ishlamaydigan, 1981 yilda tug`ilgan fuqaroning uyida, yollanib ishlab yurgan, Chirchiq shahrida yashovchi 1971 yilda tug`ilgan shaxs uy bekasi uxlab qolganidan foydalanib, uning uyidan 1 200 000 so`m puli, 700 AQSh dollari, “LG” televizori, “Sony” rusumli fotoapparati, “iPhone” mobil telefoni va turli qimmatbaho zargarlik buyumlarini olib uy egasining “Lasetti” avtomashinasiga yuklab, avtomashinani haydab voqea joyidan qochib ketgan, deb yozadi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan, 1971 yilda tug`ilgan shaxs aniqlanib ushlandi. Unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.






