AsosiyShou-biznes

​Filipp Kirkorov Toshkentda o`z “Men”ini ko`rsatib ketdi (Foto)

'​Filipp Kirkorov Toshkentda o`z “Men”ini ko`rsatib ketdi (Foto)'ning rasmi

Xabar berganimizdek, Rossiya estradasi qiroli deb tan olingan Filipp Kirkorov Toshkentga keldi. 26 fevral “Istiqlol” san`at saroyida uning yangi “Men” (“Ya”) nomli shou konserti bo`lib o`tdi.

“Darakchi” gazetasi ham bu dasturda ishtirok etib, eng yorqin lahzalarini siz muxlislarga havola etishga muvoffaq bo`ldi.

Filipp Kirkorov o`zining “Men” shousi bilan butun dunyoni kezib chiqishni rejalashtirgan. O`zbekistondagi konsert esa gastrollarning bir yuz birinchisi ekanini alohida ta`kidladi.

Shou konsertning eng yorqin lahzalarini esa “Darakchi” gazetasining 9-sonida, Aliya SULAYMANOVAning tayyorlagan reportajida o`qishingiz mumkin





















Fotolar muallifi Sherzod Ikramutdinov

Boshqa yangiliklar