Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi “A” guruhi 2-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” – “Al-Ahli” (2:0) uchrashuvidan keyin amirliklar ustozi Kosmin Olariu o`yin haqida o`z fikralrini bildirib o`tdi.
“Dastlabki daqiqada kiritilgan gol o`yinni butunlay o`zgartirdi. Biz o`yinga qaytish uchun harakat qildik, ammo raqib darvozaboni ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Biz o`zimiz istagandek o`ynay olmadik. Qarshi hujumlarda xatolarga yo`l qo`ydik va bular ustida ishlab, muammolarni bartaraf etishimiz kerak. Endigi e`tiborni OChLdagi yana bir raqib – “Al-Taavon”ga qarshi o`yinga qaratish kerak.
“Lokomotiv” himoyachilari Makete Diop va Everton Ribeyroga qarshi yaxshi harakat qildi. O`yin ular atrofida yasalmagan, garchi ularga nisbatan himoyachilar yaxshi harakat qilgan bo`lsa-da, men boshqa futbolchilardan xavotirdaman. Ahmad Halil jarohati tufayli o`ynay olmadi. U kechagi mashg`ulotlarda ishtirok etdi, ammo o`yinga tayyor emasligini ko`rdik. Shu sababli u zaxirada qoldi”, – dedi Kosmin Olariu.






