Plyaj futboli bo`yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e`lon qilindi. Hisobida 190 ochko bo`lgan O`zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 57-o`rindan joy oldi.
O`zbekiston terma jamoasi avvalgiga nisbatan 5 pog`onaga yo`qotdi. Osiyo qit`asi terma jamoalari orasida O`zbekiston hamon 10-o`rinni saqlab turibdi. Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo mamlakatlar reytingida katta o`zgarishlar yuz bermadi, ammo jamoalar jahon reytingida bir qancha o`rin yo`qotdi.
Eron termasi 1783 ochko bilan qit`ada etakchilik qilayotgan bo`lsa, Yaponiya (1287) va Ummon (1023) kuchli uchlikdan joy oldi. OFKga a`zo mamlakatlar reytingining kuchli o`nligi quyidagicha ko`rinish olgan:
1 (6). Eron – 1783 ochko
2 (9). Yaponiya – 1287 ochko
3 (16). Ummon – 1023 ochko
4 (19). BAA – 797 ochko
5 (29). Livan – 564 ochko
6 (41). Tailand – 359 ochko
7 (42). Xitoy – 344 ochko
8 (46). Vetnam – 308 ochko
9 (53). Bahrayn – 210 ochko
10 (57). O`zbekiston – 190 ochko
Plyaj futbol bo`yicha jahon reytingini 3477 ochko bilan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog`ona Rossiya (3204) terma jamoasiga tegishli bo`lsa, Braziliya (3163) termasi kuchli uchlikka yakun yaasagan.
Ma`lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil mart oyidan 2017 yil fevral oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.
Eslatib o`tamiz, shu yilning 4–11 mart kunlari Malayziyaning Terengganu shahrida plyaj futboli bo`yicha Osiyo chempionati bo`lib o`tadi. Unda 13 mamlakat terma jamoasi, shu jumladan, O`zbekiston ham ishtirok etadi.






