Osiyo Chempionlar Ligasi “S” guruhi 2-turidan o`rin olgan “Bunyodkor” – “Al-Ayn” (2:3) uchrashuvidan keyin o`tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg`ochlar” bosh murabbiyi Sergey Luchshan o`yin borasida o`z fikrlari aytib o`tdi.
“Bugungi o`yinda bizni qo`llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Kuchli raqib bilan o`ynadik va yutqzadik. Raqib hozirgi kunda bizdan kuchliroq. Akram Komilov bilan yuz bergan holat birinchi marta takrorlanmayapti. Mashg`ulotlarda unga barchasi tushuntiriladi, u bilan ish olib boriladi, ammo vaziyat yana o`sha-o`sha.
Umuman olganda o`yinda turli jarayonlar kuzatildi. Tezkor gollar, qizil kartochka, penalti... Raqibning tajribasi ularga qo`l keldi. Avval aytib o`tganimdek, “Al-Ayn”da kuchli futbolchilar talaygina. Yoshlarga urg`u qaratishda davom etyapmiz, raqib esa mahorat evaziga g`alaba qozondi”, – dedi Sergey Luchshan.






