Madridning “Real” jamoasi La Liga 25-turida “Las-Palmas”ga qarshi bahs yuritib, qiyinchilik bilan 3:3 hisobidagi durangni qayd etdi.
Madridliklar ochko va peshqadamlikni yo`qotganiga qaramay, ashaddiy raqibi – “Barselona”ning uzoq yillik rekordini yangiladi.
“Qirollik klubi” futbolchilari qatorasiga 45 o`yinda gol urib, “Barselona” tomoniddan 1942/43 va 1943/44 yilgi mavsumlarda 44 ta o`yindan iborat golli seriyalari rekordini ortda qoldirdi.
“Real”ning so`nggi golsiz o`yini 2016 yilning 24 aprel kuni qayd etilgandi. O`shanda “Manchester Siti” bilan bo`lgan uchrashuvda hisob ochilmagan edi.