“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich klubi bilan amaldagi shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirishga tayyor, deya xabar bermoqda Championat.com.
Shvesiyalik to`purarning amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunida tugaydi. Shartnomada tomonlarning o`zaro roziligi bo`yicha kelishuv muddatini yana bir yilga uzaytirish mumkinligi ko`rsatilgan. Zlatan Ibrahimovich Angliyadagi o`yinidan mamnun va klub bilan shartnomani 2 yilga uzaytirishga tayyor ekani aytdi.

Ma`lumot uchun, ushbu mavsumda Zlatan Ibragimovich APLning 24 o`yinida 15 ta gol va 4 ta goli pasga mualliflik qildi.






