O`zbekiston U-16 terma jamoasiga ustozlik qilgan Aleksandr Mochinov 1999–2000 yillarda tug`ilgan futbolchilardan tashkil topgan O`zbekiston U-19 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Miraziz Mirzaahmedov O`zbekiston U-19 termasiga katta murabbiy, Zokir Hayotov va Dilmurod Abluddaev yordamchi murabbiy etib tayinlandi.
O`zbekiston U-19 terma jamoasi 2018 yili bo`lib o`tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etadi. Saralash bosqichi shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunilari bo`lib o`tadi.
Murabbiylik faoliyati davomida “Oq-tepa”, “Buxoro” va “Obod” klublarida ishlagan Aleksandr Mochinov O`zbekiston U-19 termasini saralash bosqchiga tayyorlaydi. Unga yoshlar termasini U-19 Osiyo chempionatiga olib chiqish vazifasi qo`yildi.
Saralash bosqichiga tayyorgarlik ko`rish doirasida O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Dubayda BAA U-19 termasi bilan ikkita o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. Mazkur o`yilar 8 va 10 mart kunlari bo`lib o`tadi.
Aleksandr Mochinov bo`lajak o`yinlarga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.
Darvozabonlar: Umid Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”)
Himoyachilar: Abubakir Mo`ydinov (“Bunyodkor”), Xudoyorxon Sa`dullaev (“Nasaf”), Georgiy Ahmedov (“Paxtakor”), Xumoyun Abdusattorov (“Bunyodkor”);
Yarim himoyachilar: Rahmatilla Mirzaahmedov (“Bunyodkor”), Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Dilshod Saidov (“Nasaf”), Jasur Yoqubov (“Paxtakor”), Ibrohim Yo`ldoshev (“Paxtakor”), Bobur Asqarov (“Paxtakor”), Rasul Yo`ldoshov (“Bunyodkor”), Orifjon Hakimjonov (“Bunyodkor”), Kamron Saidazimov (“Paxtakor”), Islom Kenjaboev (“Nasaf”);
Hujumchilar: Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”), Doniyor Abdumannopov (“Bunyodkor”).






