“Atletiko” hujumchisi Fernando Torres “Deportivo”ga qarshi (1:1) Ispaniya chempionati 25-turida jiddiy boshidan jarohat oldi.
32 yoshli hujumchi to`p uchun havoda raqib yarim himoyachisi Aleks Bergantinos bilan kurashdan so`ng erga boshi bilan noqulay yiqildi va hushidan ketdi.

Klub shifokorlari bir necha daqiqa mobaynida futbolchiga tibbiy yordam ko`rsatishdi va keyinchalik uni zambilda maydondan olib chiqib ketishdi.

Keyinroq Torres tribuna ostida hushiga kelgan. U tezlikda shifoxonaga etkazilgan va ushbu tunni u shifokorlar nazorati ostida o`tkazdi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra ayni paytda ispaniyalik futbolchining holati barqaror deya baholanmoqda.






