Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida yashovchi Jon Edvards giyohvandlik va depressiyadan aziyat chekayotgan odamlarga yordam berish maqsadida uch kun tobutda yotishga va tiriklay ko`milishiga qaror qildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Chorshanba, 1 mart kuni shahar cherkovlaridan birining oldida chuqur qabr qazildi. Edvards uch kunni ventilyasiya, Wi-Fi o`rnatilgan tobutda o`tkazishga qaror qildi.
Jon Edvards Walking Free xayriya tashkilotining asoschisi bo`lib, u qabrdan turib, ichkilikka ruju qo`ygan, giyohvand odamlar bilan videotranslyasiya olib borib, ularni og`ir hayotiy vaziyatdan olib chiqish, yordam berishni niyat qildi.
“Mazkur qarorim kimgadir g`alati tuyulishi mumkin, ammo har kuni menga joniga qasd qilmoqchi bo`lgan o`nlab tanishlarim, do`stlarim murojaat qiladi. Bir paytlar o`zim ham giyohvandlik moddasi iste`mol qilganman, giyohvand bo`lganman. Men ularning muddatidan ilgari qabrga kirmasliklarining oldini olish, kelajakka umid uyg`otish maqsadida qabrdan turib, ular bilan muloqot qilmoqchiman”– dedi Jon Edvards.
Jon Edvars g`ayrioddiy bu aksiyasi bilan butun dunyo ahli e`tiborini tortishni maqsad qildi.