Madridning “Real” jamoasi sobiq a`zosi, ayni vaqtda “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O`zil 2010 yilgi Jahon chempionatidan so`ng “Barselona”ga o`tishga yaqin turganini o`z kitobida yozib o`tgan.
“Jahon chempionatidan keyin “Arsenal” bilan birga “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, “Barselona” va “Real” meni o`z safida ko`rishni istagandi. Mening agentim “Bavariya” vakillari bilan ushbu jamoaga o`tishimni muhokama qilishgandi.
Klubdagilar unga mendan qaysi holatda foydalanishlari haqida aytishgan. Boshqa klublar bilan ham shunday holat takrorlangan. Men “Barselona”ga o`tishimga ishongandim. Chunki dunyodagi hech bir jamoa “Barselona” singari chiroyli o`yin ko`rsatmasdi.
Ammo jamoaning o`sha paytdagi murabbiyi Gvardiola jamoaga o`tishim bilan bog`liq muzokaralarda ishtirok etmadi va menga muhokamalardan keyin telefon ham qilmadi. U mening transferimga qiziqish bildirmadi. Shu sabab “Barselona”ga o`tishga bo`lgan qiziqishim darrov so`ngandi”, – deydi Mesut O`zil.