Ispaniya chempionati 26-turida Madridning “Real” jamoasi safarda “Eybar” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.
Gollarga boy kechgan o`yinda madridliklar 4:1 hisobida zafar quchdi. Madrid klubi safida Karim Benzema dubl qayd etdi. Xames Rodriges va Marko Asensio bittadan gol urdi.
E`tiborlisi, “Qirollik klubi” asosiy futbolchilari – Krishtianu Ronaldu va Garet Beylsiz mana shu yirik g`alabani tantana qildi. Mazkur g`alabadan keyin “Real” ochkolari sonini 59 taga etkazib, 1-o`ringa qaytdi.
Eybar – Real Madrid 1:4 (0:3, 1:1)
Gollar: 0:1 – 14 Benzema, 0:2 – 25 Benzema, 0:3 – 29 Xames, 0:4 – 60 Asensio, 1:4 – 72 Penya.
Eybar – Yoel, Ramis, Luna (Arbilya, 55), Kapa, dos Santos, Eskalante, Dani Garsiya, Gonsales (Rivera, 63), Leon (Inui, 87), Penya, Enrik.
Real Madrid – Navas, Pepe, Nacho, Danilo, Ramos, Modrich (Kovachich, 71), Kazemiro, Asensio, Xames (Isko, 75), Vaskes, Benzema (Dias, 65).
Ogohlantirishlar: Eskalante (32), Nacho (62), Kazemiro (65).