AsosiySport

O`zbekiston kiberfutbol assosiasiyasi o`z nomini Virtual sport o`yinlari va kiberfutbol federasiyasiga o`zgartirdi

'O`zbekiston kiberfutbol assosiasiyasi o`z nomini Virtual sport o`yinlari va kiberfutbol federasiyasiga o`zgartirdi 'ning rasmi

O`zbekiston kiberfutbol assosiasiyasi o`z nomini Virtual sport o`yinlari va kiberfutbol federasiyasiga o`zgartirdi. Shu yilning 28 fevral kuni Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tgan yangi tashkilot virtual sport o`yinlarini ommalashtirish, musobaqa va chempionatlar tashkil qilish bilan shug`ullanadi.

Kibersport bugungi kunda dunyo bo`ylab ommalashib borayotgani hech kimga sir emas. Virtual sport o`yinlari tarixi 1997 yilga borib taqaladi. Aynan o`sha yili birinchi kibersport ligasi – CPL tashkil etilgandi.

Dunyodagi birinchi kiberfutbol assosiasiyasi nodavlat notijorat tashkiloti O`zbekistonda yaratilgani alohida e`tiborga loyiqdir. Assosiasiya o`z faoliyatini kibersport bo`yicha ESWC jahon chempionatida ishtirok etish bilan boshlagandi.

Qisqa vaqt mobaynida tashkilot katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Assosiasiya faoliyatining birinchi oylarida O`zbekiston Futbol Federasiyasining rasmiy a`zosiga aylandi, hamkorlik borasida O`zPFLning barcha klublari bilan shartnomalar imzoladi. Shu tariqa, O`zbekistonning 20 ga yaqin futbol klublari o`z tarkibiga kiberfutbolchilarni qo`shib oldi.

2016 yilning noyabr oyida O`zbekiston Futbol Federasiyasi Kiberfutbol assosiasiyasining jahondagi birinchi Professional futbol ligasi – PCFL loyihasi yaratilishini ma`qulladi. Tashkilotning eng yorqin natijalaridan biri kirebsport musobaqalari uchun O`zbekistonda birinchi professional arena – UZ Arena ochilishi bo`ldi.

Boshqa yangiliklar