AsosiySport

APL. “Liverpul” ishonchli tarzda “Arsenal”ni mag`lubiyatga uchratdi

'APL. “Liverpul” ishonchli tarzda “Arsenal”ni mag`lubiyatga uchratdi'ning rasmi

Angliya chempionati 27-tur markaziy o`yinida “Liverpul” va “Arsenal” klublari o`zaro bahs olib borishdi. Gollarga boy kechgan o`yinda mersisaydliklar 3:1 hisobida g`alaba qozondi.

“Liverpul” safida Roberto Firmino, Sadio Mane va Jordino Viynaldum gol urgan bo`lsa, “Arsenal”dan javob to`pini Aleks Ivobi kiritdi.

Navbatdagi g`alabaga erishgan Yurgen Klopp jamoasi 52 ochko bilan 3-o`ringa ko`tarilib oldi. “Arsenal” esa muvaffaqiyatsizlikdan keyin 5-o`ringa pastladi.

Liverpul – Arsenal 3:1 (2:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 9 Firmino, 2:0 – 40 Mane, 2:1 – 57 Uelbek, 3:1 – 90 Veynaldum.

Liverpul – Minole, Klavan, Matip, Klayn, Koutino (Origi, 80), Veynaldum, Firmino, Lallana (Leyva, 90), Mane (Aleksander-Arnold, 90), Jan, Milner.

Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Jaka, Koklen (Sanches, 46), Oksleyd-Chemberlen, Ivobi, Jiru (Peres, 74), Uelbek (Uolkott, 74).

Ogohlantirishlar: Koklen (34), Jan (68), Jaka (78).

Boshqa yangiliklar