AsosiySport

La Liga. “Barselona” o`z maydonida “Selta” darvozasiga 5 ta gol urdi

'La Liga. “Barselona” o`z maydonida “Selta” darvozasiga 5 ta gol urdi'ning rasmi

Ispaniya chempionati 27-turida “Barselona” jamoasi o`z maydonida “Selta” futbolchilarini qabul qilib, 5:0 hisobida yirik g`alabaga erishdi.

Mazkur o`yinda Lionel Messi dubl qayd etgan bo`lsa, Ivan Rakitich, Umtiti va Neymar bittadan gol urishdi.

Mazkur muvaffaqiyatdan keyin “Barselona” turnir jadvalida yana 1-o`ringa qaytdi. Jamoasi hisobida 60 ochko bor. Ikkinchi o`rinda borayotgan “Real”da 59 ochko va 1 ta zaxira o`yini mavjud.


Barselona – Selta 5:0

Gollar: 1:0 – 24 Messi, 2:0 – 40 Neymar, 3:0 – 57 Rakitich, 4:0 – 61 Umtiti, 5:0 – 64 Messi.

Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serji Roberto (Inesta, 67), Rakitich, Buskets (Maskerano, 61), Rafinya, Neymar (Denis Suares, 70), Messi, Suares.

Selta – Alvares, Gomes, Kabral, Kastro, Ronkalya, Vass (Dias, 68), Radoya, Bongonda (Sisto, 51), Malo, Gvidetti (Xosabed, 62), Aspas.

Ogohlantirishlar: Buskets (20), Kabral (36), Radoya (38), Gomes (49).

Boshqa yangiliklar