Ispaniya chempionati 27-turida “Barselona” o`z mayonida “Selta” futbolchilarini qabul qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi.
Mazkur o`yinda kataloniyaliklar etakchisi barcha gollarda ishtirok etdi. Argentinalik futbolch 1 va 5-golni kiritdi. Ikkinchi va to`rtinchi golda u mos ravishda Neymar va Umtitiga golli pas berdi.
Uchinchi golda esa Messi golli pas bergan futbolchiga uzatma berdi, deya xabar bermoqda Sports.uz.