Osiyo futbol konfederasiyasi OChL–2017 turniri “D” guruhi 3-turidan o`rin olgan “Al-Vahda” (BAA) – “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) uchrashuviga rasmiylarni tayinladi.
Uchrashuv bosh hakami – yaponiyalik Ryuji Sato. Unga qanotlarda hamyurtlari Toru Sagara va Xiroshi Yamauchi yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasi ummonlik Holid Marhun Sulaymon al-Shaqsiga yaklatildi.
O`zbekistonlik FIFA va OFK instruktori, OFK hakamlar departamenti maslahatchisi va texnik eksperti Farhod Abdullaev mazkur o`yinda hakamlar nazoratchisi bo`lib ishlaydi. Bangladeshlik Anvarul Haq uchrashuv komissari etib tayinlandi.
“Al-Vahda” – “Al-Hilol” uchrashuvi 14 mart kuni Abu-Dabi shahridagi Al Nahyan Stadium maydonida bo`lib o`tadi.






