AsosiySport

O`zbekistonning JCh–2018 saralashidagi raqibi Qatar termasi Ozarbayjon bilan o`ynaydi

'O`zbekistonning JCh–2018 saralashidagi raqibi Qatar termasi Ozarbayjon bilan o`ynaydi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi – Qatar termasi 9 mart, payshanba kuni Ozarbayjonga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazadi. Mazkur uchrashuv Doha shahridagi Jassin Bin Hamad Stadium maydonida bo`lib o`tadi.

Bo`lajak o`rtoqlik uchrashuvi Qatar terma jamoasi uchun jahon chempionati saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Jamoa bosh murabbiyi Xorxe Fossati o`quv-mashg`ulotlar yig`iniga 29 futbolchini taklif qilgan.

Qatar terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasini 23 mart kuni o`z maydonida Eronga qarshi o`yin bilan boshlaydi. 28 mart kuni esa Xorxe Fossati shogirdlari Toshkentda O`zbekiston terma jamoasi bilan o`zaro bahs olib boradi.

Ma`lumot uchun, JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O`zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Qatar termasi 5 ochko bilan 5-pog`onani band qilib turibdi.

Boshqa yangiliklar