AsosiySport

JCh–2018 saralashi. Ravshan Ermatov BAA – Yaponiya uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi

'JCh–2018 saralashi. Ravshan Ermatov BAA – Yaponiya uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 6-turidan o`rin olgan BAA – Yaponiya uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ravshan Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasini Dmitriy Pislegin bajaradi. Bahraynlik Abdulrahmon Abdulxoliq al-Delavar hakamlar nazoratchisi bo`lib ishlaydi. Uchrashuv komissari – Kemel Tokabaev (Qirg`iziston).

BAA va Yaponiya o`rtasidagi uchrashuv 23 mart kuni Al-Ayn shahridagi Hazza Bin Zayed Stadium maydonida bo`lib o`tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ma`lumot uchun, JCh–2018 saralash bosqichi “B” guruhi 5-turidan keyin Yaponiya 10 ochko bilan to`plar nisbati bo`yicha Saudiya Arabistoniga (10 ochko) imkoniyatni boy bergan holda 2-o`rinda bormoqda. BAA 9 ochko bilan Avstraliyaga (9 ochko) to`plar nisbati bo`yicha imkoniyatni boy bergan holda 4-pog`onani band qilib turibdi.

Boshqa yangiliklar