Evropa chempionlar ligasi 1/8 final javob o`yinida “Arsenal” o`z maydonida “Bavariya” bilan o`zaro kuch sinashdi.
Xuddi birinchi o`yindagi kabi myunxenliklar 5 ta, “to`pchilar” esa 1 ta gol urishdi. Ikki o`yin natidasiga ko`ra (10:2) “Bavariya” EChLning chorak finaliga yo`l oldi.
Arsenal (Angliya) – Bavariya (Germaniya) 1:5
Gollar: 1:0 – 20 Uolkott, 1:1 – 55, penalti Levandovski, 1:2 – 68 Robben, 1:3 – 78 Duglas Kosta, 1:4 – 80 Vidal, 1:5 – 85 Vidal.
Arsenal – Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Oksleyd-Chemberlen, Jaka, Uolkott, Remzi (Koklen, 72), Sanches (Peres, 73), Jiru (O`zil, 72).
Bavariya – Noyer, Xummels, Alaba, Rafinya, Martines, Xabi Alonso, Vidal, Alkantara (Kimmix, 79), Robben (Duglas Kosta, 71), Riberi (Sanshesh, 79), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Uolkott (39), Alaba (39), Martines (44), Koselni (53), Oksleyd-Chemberlen (61), Jaka (79).
Chetlatish: Koselni (54).