AsosiySport

Yil sensasiyasi! “Barselona” er yuzida hech kim qila olmagan ishni bajardi

'Yil sensasiyasi! “Barselona” er yuzida hech kim qila olmagan ishni bajardi'ning rasmi

Evropa chempionlar ligasi nimchorak final javob o`yinida “Barselona” o`z maydonida “PSJ” futbolchilarini qabul qildi.

Kataloniyaliklar Parijda 0:4 hisobida mag`lubiyatga uchragan edi va PSJ chorak finalga chiqishi deyarli ham bo`lib ulgurgandi.

Ammo bu “Barselona” va jamoa 5 ta gol farqi bilan g`alaba qozonishga muvaffaq bo`ldi hamda chorak final yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

Barselona (Ispaniya) – PSJ (Fransiya) 6:1

Gollar: 1:0 – 3 Suares, 2:0 – 40, avtogol Kurzava, 3:0 – 50, penalti Messi, 3:1 – 62 Kavani, 4:1 – 88 Neymar, 5:1 – 90+1, penalti Neymar, 6:1 – 90+5 Serji Roberto.

Barselona – ter Stegen, Suares, Pike, Umtiti, Inesta (Turan, 65), Maskerano, Buskets, Rafinya (Serji Roberto, 76), Rakitich (Andre Gomesh, 84), Neymar, Messi.

PSJ – Trapp, Tiago Silva, Kurzava, Mene (Krxovyak, 90), Markinos, Matyuidi, Verratti, Lukas Moura (Di Mariya, 55), Rabo, Draksler (Ore, 75), Kavani.

Ogohlantirishlar: Matyuidi (5), Draksler (14), Pike (23), Buskets (36), Kavani (42), Rakitich (61), Neymar (64), Suares (67), Markinos (90), Verratti (90).

Dastlabki uchrashuv: 0:4

Boshqa yangiliklar