AsosiySport

EChL. “Borussiya D” o`z maydonida “Benfika”ni engdi va chorak finalga chiqdi

'EChL. “Borussiya D” o`z maydonida “Benfika”ni engdi va chorak finalga chiqdi'ning rasmi

Evropa chempionla ligasi 1/8 final javob bahsida “Borussiya” Dortmund o`z maydonida “Benfika” futbolchilarini qabul qildi. Unda 4:0 hisobi qayd etilib, dortmundliklarning g`alabasi bilan tugadi.

Mazkur o`yinda Per-Emerik Obameyang xet-trik qayd etgan bo`lsa, Pulishich bitta golga mualliflik qildi. Shu tariqa ikki o`yin natijasiga ko`ra «Borussiya» chorak finalga yo`l oldi.

Avvalroq "Barselona" sensasion tarzda chorak final yo`llanmasini qo`lga kiritgani haqida xabar berilgandi.

Borussiya D (Germaniya) – Benfika (Portugaliya) 4:0

Gollar: 1:0 – 4 Obameyang, 2:0 – 59 Pulishich, 3:0 – 61 Obameyang, 4:0 – 85 Obameyang.

Borussiya D – Byurki, Bartra, Papastatopulos (Ginter, 88), Shmelser, Pishchek, Kastro, Vaygl, Pulishich, Durm, Obameyang (Shyurrle, 86), Dembele (Kagava, 81).

Benfika – Ederson, Luizao, Lindelef, Elizeu, Andre Almeyda, Salvio (Jonas, 64), Samaris (Jivkovich, 74), Servi (Ximenes, 82), Pissi, Nelson Semedu, Mitroglu.

Ogohlantirishlar: Kastro (31), Samaris (33), Dembele (38), Pishchek (65).

Dastlabki uchrashuv: 0:1

Boshqa yangiliklar