AsosiySport

“Barselona” hech kim qila olmagan ishni uddaladi

'“Barselona” hech kim qila olmagan ishni uddaladi'ning rasmi

“Barselona” EChL 1/8 finali javob uchrashuvida “PSJ”ni 6:1 hisobida mag`lub etdi va chorak finalga yo`l oldi.

Kataloniyaliklar birinchi uchrashuvda 0:4 hisobida yutqazib, javob o`yinida bu hisobni yo`qqa chiqara oldilar. Shuning bilan, “Barselona” evrokuboklar tarixida 0:4 hisobida yutqazib keyingi bosqichga chiqa olgan ilk jamoa bo`ldi.

Bundan avval Chempionlar kubogi (EChLning avvalgi nomi) musoboqasida atigi uchta jamoa to`rtta gol farqini yo`qqa chiqara olgan. Bular: “Real” (85/86), “Partizan” (84/85) va “Leyshoesh” (61/62).

Boshqa yangiliklar