AsosiyDunyo
3834

​Oq uy Quvaytga ming nafar harbiy jo`natadi

'​Oq uy Quvaytga ming nafar harbiy jo`natadi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma`muriyati IShID bilan kurashish uchun Quvaytga ming nafar Amerika harbiy askarlarini jo`natishni rejalashtirdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Nashrning xabar berishicha, yangi kontinget o`ziga xos rezerv vazifasini o`tab, amerikalik komandirlarga “jang maydonidagi favqulodda holatlarda tezkor harakat qilishlari” uchun yordam beradi.

Ilgari AQSh harbiy qo`mondonligi Rakka shahrini ozod qilish uchun Suriyaga ilgari yuborilgan 500 nafar maxsus xizmat xodimlariga qo`shimcha ravishda dengiz piyoda jangchilarini yuborgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar