AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida o`z o`rnini saqlab qoldi

'O`zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida o`z o`rnini saqlab qoldi'ning rasmi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi. O`zbekiston milliy terma jamoasi 561 ochko bilan 63-o`rinni saqlab qoldi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

O`zbekiston Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo terma jamoalar orasida 6-o`rinda qoldi. Eron 794 ochko bilan Osiyo mamlakatlari orasida peshqadamlikni saqlab qolgan. Dunyo reytingida esa forslar 1 pog`ona pastladi.


Janubiy Koreya 691 ochko bilan qit`ada 2-pog`onani egallagan bo`lsa, kuchli uchlikdan Yaponiya (629 ochko) joy oldi. Avstlariya (622 ochko) va Saudiya Arabistoni (610 ochko) mos ravishda 4–5 o`rinlarni egallagan.

Eron – 32-o`rin;

Janubiy Koreya – 39-o`rin;

Yaponiya – 52-o`rin;

Avstraliya – 54-o`rin;

Saudiya Arabistoni – 56-o`rin;

O`zbekiston – 63-o`rin;

BAA– 68-o`rin.

JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichida O`zbekiston bilan bir guruhdan o`rin olgan Qatar (415 ochko) bir pog`onaga ko`tarildi. Xitoy (407 ochko) o`z o`rnida qolgan bo`lsa, Suriya terma jamoasi (357) 2 pog`ona pastladi.

Qatar — 84-o`rin;

Xitoy — 86-o`rin;

Suriya — 95-o`rin.

FIFA reytingida hamon Argentina (1644 ochko) etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o`rinni Braziliya (1534 ochko) egallab turgan bo`lsa, uchinchi o`rindan Germaniya (1433 ochko) joy olgan. Jadvalda 4–10-o`rinlarni tegishli ravishda Chili, Belgiya, Fransiya, Kolumbiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya terma jamoalari egallagan.

Boshqa yangiliklar