AsosiySport

O`zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda to`rtta o`rtoqlik o`yini o`tkazadi

'O`zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda to`rtta o`rtoqlik o`yini o`tkazadi 'ning rasmi

O`zbekiston U-16 terma jamoasi 13–15 mart kunlari Toshkentda o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazadi. Dilshod Nuraliev shogirdlari yig`in doirasida 4 ta o`rtoqlik o`yini o`tkazadi.

13 mart kuni O`zbekiston o`smirlar termasi “Spartak–2001” hamda “ROZK–2001”, 15 mart kuni esa “Bunyodkor–2001” hamda “16-BO`SM–2001” jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Dilshod Nuraliev bo`lajak o`yinlarga quyidagi futbolchilarni taklif qildi.

Darvozabonlar: Mo`min Qodirov (“Bunyodkor”), Anvar Nazarov (“Andijon”), Omon Baqoev (“Buxoro”).

Himoyachilar: Sardor Adburashidxo`jaev (“Bunyodkor”), Alibek Davronov (“Nasaf”), Miraziz Saidov (“Paxtakor”), Jasurbek Abdulbekov (“Bunyodkor”), Doniyor Sobirov (“Paxtakor”), Xurshid Ubaydullaev (“Bunyodkor”), Muhammad Nosirov (“Bunyodkor”), Xojiakbar Nosirov (“Andijon”).

Yarim himoyachilar: Tohir Rafaelov (“Yangier”), Jasurbek Jaloliddinov (“Bunyodkor”), Mirjalol Qosimov (“Nasaf”), Ruslan Raziev (“Paxtakor”), Sulton Nekbaev (“Buxoro”), Mironshox Sattorov (“Bunyodkor”), Husain Narchaev (“Nasaf”), Diyorbek Rahimqulov (“Bunyodkor”).

Hujumchilar: Bo`ronbek Mirzasalimov (“Bunyodkor”), Igor Chikrizov (“Paxtakor”), Aziz Olimov (“Neftchi”).

Mazkur uchrashuvlar O`zbekiston U-16 terma jamoasi uchun o`smirlar o`rtasidagi 2018 yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentabr kunlari bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar