1

O`zbekiston termasining JCh–2018 dagi raqibi Qatar termasi Ozarbayjonga mag`lub bo`ldi

Sport 09.03.2017, 23:14
Teglar: Futbol, JCh-2018
O`zbekiston termasining JCh–2018 dagi raqibi Qatar termasi Ozarbayjonga mag`lub bo`ldi

O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi – Qatar termasi bugun, 9 mart kuni Ozarbayjonga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazdi.

Doha shahridagi Jassin Bin Hamad Stadium maydonida bo`lib o`tgan uchrashuvda ozarbayjonliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. G`oliblar safidagi ikkita golni ham zaxiradan maydonga tushgan futbolchilari kiritdi.

Mazkur bellashuv Qatar terma jamoasi uchun jahon chempionati saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o`tadi.

Qatar JCh–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasini 23 mart kuni o`z maydonida Eronga qarshi o`yin bilan boshlaydi. 28 mart kuni esa Xorxe Fossati shogirdlari Toshkentda O`zbekiston terma jamoasi bilan o`zaro bahs olib boradi.

Ma`lumot uchun, JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O`zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Qatar termasi 5 ochko bilan 5-pog`onani band qilib turibdi.

Qatar – Ozarbayjon 1:2

Gollar: Rodrigo Tabata (55) – Tarlan Guliev (52), Araz Abdulaev (62)

Qatar: Saad Al-Shib, Abubakr Essa, Rodrigo Tabata, Hassan Al-Haydos, Akram Afif, Ibrohim Majid, Ahmad Al-Said, Pedro Migel, Bualem Huki, Luis Kayera, Sebastyan Soria.

Ozarbayjon: Salahat Agaev, Qara Qaraev, Magomed Mirzabekov, Namig Alasgarov (Rauf Aliev, 46), Ruslan Gurbanov (Tarlan Guliev, 46), Farhod Sodiqov (Araz Abdullaev, 46), Javid Huseynov (Elvin Mammadov, 83), Agabala Ramazanov (Urfan Abbasov, 71), Rahid Amirquliev, Tellur Mutallimov.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1