AsosiySport

OChL–2017. “Istiqlol” – “Lokomotiv” uchrashuvini Janubiy koreyalik hakamlar boshqaradi

'OChL–2017. “Istiqlol” – “Lokomotiv” uchrashuvini Janubiy koreyalik hakamlar boshqaradi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi “A” guruhi 3-turidan o`rin olgan “Istiqlol” (Eron, Tehron) – “Lokomotiv” (O`zbekiston) o`yiniga rasmiylar tayinlandi.

Uchrashuv bosh hakami etib Janubiy koreyalik Kim Jong Xyok tayinlandi. Unga qanotlarda Yuk Kvang-yol va Kim Yung-xa yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasi livanlik Ali Redaga yuklatildi.

Malayziyalik Muhammad Sayfiddin bin Abu Bakr uchrashuv komissari sifatida ishlaydi. Iordaniyalik Umar Musa Halaf Abu Lum hakamlar nazoratchisi bo`ladi.

“Istiqlol” – “Lokomotiv” uchrashuvi Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin mahalliy vaqt bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 20:30)da boshlanadi.

Ma`lumot uchun, “A” guruhidan o`rin olgan barcha jamoalar 3 ochkoga ega. To`plar nisbati bo`yicha “Istiqlol” 1-o`rinda bormoqda. “Temiryo`lchilar” esa 2-pog`onani egallab turibdi.

Boshqa yangiliklar