Meksikaning Verakrus shtatidan ommaviy tarzda ko`milgan 240 nafar odamning jasadi topildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Hozirda voqea joyida sud-tibbiyot ekspertizasi xodimlari ish olib bormoqda. Tibbiyot xodimlari bergan ma`lumotga ko`ra, mazkur jasadlar 14 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan yigit-qizlardir. Hozircha ko`milganlarning yarmi qazib olingan, ekspertlarning aytishicha, qazilma ishlari yakunlanganda jasadlarning soni bundan ham ortishi mumkin.
2010 yildan beri Verakrusda 720 nafar odam bedarak yo`qolgan. Meksika qirg`oqlarida joylashgan Verakrusda ikki qudratli “Los-Setas” va “Qirg`oq” deb nomlangan giyohvand moddalar sotish bilan shug`ullanuvchi guruhlar mavjud. Mazkur guruhlar AQShdan keltiriladigan giyohvandlik moddasi nazoratini qo`lga olish uchun raqobatlashib keladi. Ilgari ular bitta guruh bo`lgan, ammo 2000 yildan boshlab, alohida guruhlarga bo`linib, faoliyat olib boradi.