AsosiySport

JCh–2018 saralashi. Saudiya Arabistoni – Iroq uchrashuvi Valentin Kovalenkoga topshirildi

'JCh–2018 saralashi. Saudiya Arabistoni – Iroq uchrashuvi Valentin Kovalenkoga topshirildi 'ning rasmi

JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 7-turidan o`rin olgan Saudiya Arabistoni va Iroq o`rtasidagi o`yinni o`zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Uchrashuv bosh hakami etib FIFA referisi Valentin Kovalenko tayinlandi. Unga qanotlarda Ma`mur Saidqosimov va Husniddin Shodmonov yordam beradi. Sherzod Qosimov zaxira hakami vazifasini bajaradi.

Malayziyalik Subhiddin Muhammad Solih hakamlar nazoratchisi bo`lib ishlaydi. Uchrashuv komissari – Chao Jang (Xitoy).

Ma`lumot uchun, Saudiya Arabistoni – Iroq uchrashuvi Jidda shahridagi King Abdullah Sports City stadionida bo`lib o`tadi. O`yin mahalliy vaqt bilan 20:30 da boshlanishi ko`zda tutilgan.

Boshqa yangiliklar