AsosiySport

O`zbekiston U-19 termasi ikkinchi o`yinda BAA yoshlariga mag`lub bo`ldi

'O`zbekiston U-19 termasi ikkinchi o`yinda BAA yoshlariga mag`lub bo`ldi 'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazayotgan Aleksandr Mochinov qo`li ostidagi O`zbekiston U-19 terma jamoasi kecha, 10 mart kuni BAA yoshlar termasiga qarshi ikkinchi o`rtoqlik o`yinini o`tkazdi.

Mamlakat yoshlar terma jamoasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O`zbekiston U-19 safidagi golga 77-daqiqada Rahmatilla Mirzaahmedov mualliflik qildi. Ta`kidlash kerakki, birinchi bo`limda Javohir Qilichev penaltini qaytarishga muvaffaq bo`lgandi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston U-19 terma jamoasi 8 mart kuni BAA yoshlariga qarshi bo`lib o`tgan ilk o`yinda 2:0 hisobida zafar quchgandi.

BAAda o`tkazilayotgan o`quv-mashg`ulotlar yig`ini 2018 yili yoshlar o`rtasida bo`lib o`tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.

O`rtoqlik uchrashuvi
Dubay, BAA
10 mart, juma

BAA U-19 –O`zbekiston U-19 — 2:1

O`zbekiston U-19: Javohir Qilichev, Abubakir Mo`ydinov, Ibrohim Yo`ldoshev, Jasur Yoqubov, Dilshod Saitov, Suhrob Izzatov, Georgiy Ahmedov, Orifjon Hakimjonov, Doniyor Abdumannopov, Xudoyorxon Sagdullaev, Afzal Xolmuhamedov.

Zaxira: Umid Ergashev, Humoyun Abdusattorov, Rahmatilla Mirzaahmedov, Bobur Asqarov, Kamron Saidazimov, Islom Kenjaboev, Jahongir Abdusalomov.

Boshqa yangiliklar