“Yuventus”jamoasi hujumchisi Mario Manjukich “Milan”ga qarshi Italiya chempionati 28-tur uchrashuvida asosiy tarkibga kiritilgandi.
Ammo o`yin boshlanishidan avval xorvatiyalik futbolchining qornida og`riq paydo bo`ldi va u o`yinni o`tkazib yuborishga majbur bo`ldi.

“Yuventus”ning asosiy tarkibida Manjuikch o`rnini Marko Pyasa egalladi. Yakunda turinliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.






