Ispaniya chempionati 27-turida “Barselona” safarda “Deportivo” mehmoni bo`ldi. Ushbu o`yinda kataloniyaliklar kutilmaganda 1:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida Jozelu hisobni ochgan bo`lsa, 46-daqiqada Luis Suares muvozanatni tiklashga muvaffaq bo`ldi. 74-daqiqada Alexandro Bergantinos “Deportivo”ga g`alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, bir necha kun avval EChL nimchorak final javob o`yinida PSJni tiz cho`ktirib, fantastik natija qayd etgan “Barselona” kutilmaganda La Ligada kuchsiz raqibga engildi.
Deportivo – Barselona 2:1
Gollar: 1:0 – 40 Xoselu, 1:1 – 46 Suares, 2:1 – 74 Bergantinos.
Deportivo – Lyuks, Arribas, Albentosa, Navarro, Xuanfran (Laure, 86), Bergantinos, Borxes, Fajr, Gama (Kakuta, 71), Xil (Cholak, 62), Xoselu.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Pike, Alba, Andre Gomesh (Rakitich, 58), Serdji Roberto, Denis Suares (Pako Alkaser, 77), Buskets, Turan (Inesta, 58), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Navarro (14), Xoselu (36).