Angliya chempionati 28-turida “Liverpul” jamoasi o`z maydonida “Byornli” futbolchilarini qabul qildi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Eshli Barns hisobni ochgan bo`lsa, birinchi bo`lim yakunida Jorjino Viynaldum hisobni tenglashtirdi. 61-daqiqada Emre Jan uzoq masofadan yo`llagan zarbasi orqali hisobni oshirdi.

Liverpul – Byornli 2:1
Gollar: 0:1 – 7 Barns, 1:1 – 45 Veynaldum, 2:1 – 61 Djan.
Liverpul – Minole, Klavan, Matip, Klayn, Milner, Lallana, Jan, Koutino (Vudbern, 60), Veynaldum, Mane, Origi (Leyva, 79).
Byornli – Xiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd (Breydi, 73), Barton, Xendrik, Arfild, Barns, Grey (Vouks, 80).
Ogohlantirishlar: Mi (37), Barton (58), Jan (63), Lallana (88).






