Ispaniya chempionati 27-turida Madridning “Real” jamoasi o`z maydonida “Betis” futbolchilarini qabul qildi.
Qiziqarli va murosasiz o`yinda Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramosning gollari Madrid klubiga g`alaba keltirdi.
Ushbu g`alabadan so`ng "Real" (62) birinchi o`ringa ko`tarilib olishga erishdi va eng yaqin ta`qibchisi "Barselona"dan (60) ikki ochko o`zib ketdi. Shuningdek, madridliklar hisobida bitta zaxira o`yini mavjud.
Real Madrid – Betis 2:1
Gollar: 0:1 – 25, avtogol Navas, 1:1 – 41 Ronaldu, 2:1 – 81 Ramos.
Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kroos, Isko (Asensio, 79), Xames (Vaskes, 69), Ronaldu, Morata (Benzema, 71).
Betis – Adan, Pesselya, Toshka, Durmisi, Mandi (Rafa Navarro, 84), Pardo, Brashanas (Alegriya, 86), Sebalos, Pichchini, Sanabriya, Ruben Kastro (Petros, 64).
Ogohlantirishlar: Pichchini (30), Marselo (87).
Chetlatish: Pichchini (78).