O`tgan bir hafta davomida 30 dan ortiq jinoyat fosh etilgani va qidiruvda bo`lgan 45 nafar shaxs ushlangani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida profilaktika kuni munosabati bilan o`tkazilgan brifingda xabar berildi.
Fohishaxona saqlash va qo`shmachilik qilish, fohishalik bilan shug`ullanish, jamoat joylarida spirtlik ichimliklar iste`mol qilinishini oldini olish maqsadida, o`tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 7 ta fohishaxona saqlash va qo`shmachilik qilish jinoyatlari aniqlandi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi tartibida jinoyat ishlari qo`zg`atildi.
Fohishalik bilan shug`ullanib kelayotgan 19 nafar shaxs qo`lga olindi.
Jamoat joylarida spirtli ichimlik iste`mol qilgan 367 nafar shaxslarga nisbatan ma`muriy ta`sir choralari ko`rildi.