Ayni vaqtda BAAning Dubay shahrida o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazayotgan O`zbekiston ayollar terma jamoasi kecha, 12 mart kuni BAA ayollar termasiga qarshi ikkinchi o`rtoqlik o`yinini o`tkazdi.
Mazkur bellashuvda Sherali Boboqulov shogirdlari 5:0 hisobida g`alaba qozondi. Gollarga Mahliyo Sarikova, Lianna Narbekova, Lyudmila Karachik, Dildora Nozimova, Mahfuza Turopova mualliflik qildi.
O`zbekiston ayollar terma jamoasi 9 mart kuni o`tkazilgan o`rtoqlik uchrashuvida BAA termasini 8:1 hisobida mag`lubiyatga uchratgan edi. Mazkur uchrashuvlar har ikki terma jamoa uchun Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichidagi ishtirokiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi.
O`zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo`lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi. Saralash bosqichiing “B” guruhi uchrashuvlari 3–11 aprel kunlari KXDRda bo`lib o`tadi.
BAA – O`zbekiston 0:5
Gollar: Sarikova, Narbekova, Karachik, Nozimova, Turopova
O`zbekiston: Maftuna Jonimkulova, Kamola Risqieva (Dildora Nozimova), Holida Dadaboeva, Zumrad Nazarova (Maftuna Shoyimova), Mavluda Munavvarova (Yulduz Nabieva), Nozima Kamoltoeva (Iroda Turdalieva), Mahfuza Turopova, Feruza Turdibaeva, Mahliyo Sarikova (Umida Zoirova), Lianna Narbekova (Nilufar Qudratova), Lyudmila Karachik.






