AsosiyDunyo

​Yuliya Samoylova Evrovidenieda Rossiya sharafini himoya qiladi

'​Yuliya Samoylova Evrovidenieda Rossiya sharafini himoya qiladi'ning rasmi

Kievda bo`lib o`tadigan Evrovidenieda Rossiya sharafini kim himoya qilishi ma`lum qilindi: musiqiy cho`qqini zabt etishgan Rossiyadan Yuliya Samoylova yo`l oladi.

28 yoshli noyob ovoz va taqdir sohibasi. U tinglovchilarga shifokorlarning xatosi bilan nogironlar aravachasiga mixlanib qolganligi va bu bilan taslim bo`lmasdan cho`qqilarni zabt etishda davom etayotganligi, bundan tashqari atrofidagilarni ham yashashga undashi haqida so`zlab bermoqchi.

U sevgisini ham, sahnada o`z o`rnini ham topdi. Muxlislar qalbini Yulya Sochidagi Paralimpiadadagi ishtiroki bilan egallab bo`lgan, endi esa u Evrovideniya tanlovining hakamlarini ko`nglini zabt etmoqchi.

«Biz mamlakatimizni taqdim etishga yulduz izlamadik, biz shaxs topishga harakat qildik», - deydi Perviy kanalning musiqiy ko`rsatuvlar Direksiyasi direktori Yuriy Aksyuta.

Qo`shiq tayyor, ammo bu ishning yarmi: ta`sirchan sahna ko`rinishi o`ylab topish kerak. Yuliyaning oldida ikki oy repetisiya jarayoni bor.

«Evrovideniya» yarim finali Ukraina poytaxtida 9 va 11 may kunlari, finali – 13 mayda bo`lib o`tadi. Tanlovda 43 mamlakat vakillari ishtirok etadi.

Boshqa yangiliklar