AsosiySport
7789

32 yoshli Krishtianu Ronaldu o`g`il egizaklar otasiga aylanadi

'32 yoshli Krishtianu Ronaldu o`g`il egizaklar otasiga aylanadi'ning rasmi

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu tez orada o`g`il egizaklar otasiga aylanadi. Bu haqda IBT Times nashri ma`lum qilmoqda.

Portugaliyalik yulduzning bo`lajak farzandlarini amerikalik surrogat ona dunyoga keltiradi. 32 yoshli Ronaldu tez kunda yana bir bor otalik baxtiga muyassar bo`ladi.

Ronalduning 6 yoshli o`g`li kichik Krishtianu Ronaldu ham 2010 yilda surrogat ona tomonidan dunyoga keltirilganini alohida ta`kidlash lozim.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar