O`zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhida 6–7 tur uchrashuvlarini o`tkazadi. Samvel Babayan shogirdlari 23 mart kuni Suriya termasiga qarshi bahs olib borsa, 28 mart kuni Toshkentda Qatar termasini qabul qiladi.
Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Fossati Eron va O`zbekistonga qarshi uchrashuvlar uchun 29 futbolchidan iborat tarkibni e`lon qildi. Quyida ular bilan tanishib olish mumkin.
Darvozabonlar: Abdulla Al-Shib (“Al-Sadd”, Qatar), Umar Bari (“Al-Rayyan”, Qatar), Halifa Abubakr (“Al-Jaish”, Qatar), Yusuf Hassan Ali (“Al-Garafa”, Qatar).
Himoyachilar: Ibrohim Abdulmajid (“Al-Sadd”, Qatar), Pedro Migel (“Al-Sadd”, Qatar), Hamid Ismoil (“Al-Rayyan”, Qatar), Muhammad Kasola (“Al-Sadd”, Qatar), Ahmad Yossir (“Lahviya”, Qatar), Muhammad Musa (“Lahviya”, Qatar), Ahmad Muhammad (“Lahviya”, Qatar), Yossir Abubakr (“Al-Jaish”, Qatar), Bualem Huki (“Al-Arabi”, Qatar), Fahad Ali (“KAS Yupen”, Belgiya).
Yarim himoyachilar: Ali Asad (“Al-Sadd”, Qatar), Karim Budiaf (“Lahviya”, Qatar), Luis Martin (“Lahviya”, Qatar), Rodrigo Tabata (“Al-Sadd”, Qatar), Akram Afif (“Sporting Xixon”, Ispaniya), Abdul Matal, Asim Umar Madibo (“Lahviya”, Qatar), Al Hadi Ali, Hizar Kamol, Ali Afif (“Lahviya”, Qatar),
Hujumchilar: Hassan Al-Haydos (“Al-Sadd”, Qatar), Sebastyan Soria (“Al-Rayyan”, Qatar), Meshal Abdulla (“Al-Ahli”, Doha), Ali Abdulla (“Lahviya”, Qatar), Almoiz Ali (“Lahviya”, Qatar).

Suriya terma jamoasi ustozi Ayman Hakim O`zbekiston va Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan o`yinlar uchun quyidagi futbolchilarni taklif qildi.
Darvozabonlar: Ibrohim Alma (“Al-Ittihod” Suriya), Ahmad Madania (“Al–Jaish”, Suriya), Mahmud Yusuf (“Viktori”, Maldiv orollari).
Himoyachilar: Ahmad Al-Solih (“Xenan Jiane”, Xitoy), Alaa Ash-Shbli (“Naft Al-Vasat”, Iroq), Muayyad Ajan (“Naft Al-Vasat”, Iroq), Hussain Jevaed (“Al-Zavra”, Iroq), Umar Midani (“Al-Vahda” Suriya), Hodi Al-Masri (“Al-Vahda”, Suriya).
Yarim himoyachilar: Mahmud Al-Mavas (“Umm Salal”, Qatar), Osama Omari (“Al-Vahda”, Suriya), Holid Al-Mubaed (“Al-Vahda”, Suriya), Oday Al-Jafal (“Al-Najaf”, Iroq), Tamer Muhammad (“Dofar”, Ummon), Amro Jeniyat (“Al-Shabab”, Ummon), Fahd Yusuf (“Al-Jazira”, Iordaniya), Izzeddin Al-Avad (“Al-Jaish”, Suriya), Vayel Al-Rifai (“Al-Jazira”, Iordaniya).
Hujumchilar: Omar Xarbin (“Al-Hilol”, Saudiya Arabistoni), Nasuh Al-Nakdali (“Al Ittihod”, Suriya), Firas Al-Hatib (“Al-Kuvayt”, Kuvayt), Ahmad Al-Douni (“Al-Najaf”, Iroq), Mardik Mardikian (“Al-Jazira”, Iordaniya).
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to`plagan holda to`rtinchi o`rinni band qilib turgan bo`lsa, Qatar 4 ochko bilan beshinchi pog`onada bormoqda.






