AsosiySport

Mujtaba Xusayni: Eldor Shomurodov maydonga tushmagani uchun unchalik ham qiyinchiliklarga duch kelmadik

'Mujtaba Xusayni: Eldor Shomurodov maydonga tushmagani uchun unchalik ham qiyinchiliklarga duch kelmadik'ning rasmi

OChL–2017 “S” guruhi 3-turidan o`rin olgan “Bunyodkor” – “Zob Ahan” (0:2) jamoalari o`rtasidagi uchrashuvdan keyin eronliklar ustozi Mujtaba Husayni o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Jamoa bir necha kun oldin Eron chempionatida qiyin uchrashuv o`tkazganiga qaramay, bugun muvaffaqiyat qozondi. Bugungi o`yin uchun shogirdlarimdan minnatdorman. Har bir o`yinda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Rostini aytganda, “Bunyodkor”dan bunday o`yinni kutmagandim.

Ular avvalgi bahslarda yaxshiroq harakat qilishgandi. Bugungi bellashuvda ham ular osonlikcha taslim bo`lishmadi. Eldor Shomurodov maydonga tushmagani uchun unchalik ham qiyinchiliklarga duch kelmadik. Qolaversa, men raqib futbolchilari haqida gapirishni unchalik ham xohlamayman”, – dedi “Zob Ahan” ustozi.

Eslatib o`tamiz, “Bunyodkor” guruh bosqichida qatorasiga uch o`yinda mag`lubiyatga uchradi va so`nggi – 4-pog`onani band qilib turibdi. “Zob Ahan” 4 ochko bilan hozircha ikkinchi o`rinda

Boshqa yangiliklar