Toshkent shahar Yunusobod tumanida noma`lum shaxs kasb-hunar kollejida o`qiydigan, 1999 yilda tug`ilgan qizni kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, uning «Samsung» mobil telefonini tortib olib ketgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.