O`zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida ikkita uchrashuv o`tkazadi. 23 mart kuni milliy terma jamoa Malayziyada Suriya termasiga qarshi bahs olib borsa, 28 mart kuni Toshkentda Qatar termasini qabul qiladi.
O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bo`lajak o`yinlarga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Murodjon Zuxurov (“Bunyodkor”).
Himoyachilar: Egor Krimes (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”).
Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Aziz Haydarov (“Ash-Shabab”, BAA), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya), Salamat Quttiboev (“Lokomotiv”), Server Jeparov (“Sepahon”, Eron), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar).
Hujumchilar: Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog`iston), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo`ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar).
Avvalroq O`zbekiston termasining bo`lajak raqiblari – Suriya va Qatar ham tarkiblarini e`lon qilgandi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to`plagan holda to`rtinchi o`rinni band qilib turgan bo`lsa, Qatar 4 ochko bilan beshinchi pog`onada bormoqda.






