“Yuventus” jamoasi hujumchisi Paulo Dibala “Portu”ga qarshi EChL nimchorak final javob o`yini oldidan o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
“EChLning joriy mavsumida “Yuventus” boshidanoq yaxshi o`yin namoyish qilmoqda. Ba`zi jihatlar bo`yicha esa biz “Real”, “Barselona” va “Bavariya”dan ham ustunmiz”, – dedi argentinalik futbolchi.
“Real”, “Barselona” va “Bavariya” EChL chorak finaliga chiqib bo`ldi. “Yuventus” bugun “Portu”ga qarshi o`z uyida javob o`yinini o`tkazadi. Ilk o`yinda turinliklar 2:0 hisobida zafar quchgan.






