1

​O`zbekistondagi qonun ustuvorligi xalqaro hamjamiyat tomonidan e`tirof etilmoqda

Jamiyat 14.03.2017, 16:30
Teglar: BMT, O`zbekiston
​O`zbekistondagi qonun ustuvorligi xalqaro hamjamiyat tomonidan e`tirof etilmoqda

O`zbekistonning ushbu sohadagi yutuqlari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e`tirof etilmoqda.

Ayni kunlarda Jenevada (Shveysariya) BMT Inson huquqlari bo`yicha kengashining 34-sessiyasi bo`lib o`tmoqda. Unda ishtirokchi-davlatlar, shu jumladan, Inson huquqlari bo`yicha oliy komissar boshqarmasining insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlariga taalluqli yuzdan ortiq ma`ruzalari ko`rib chiqildi.

Sessiya doirasida o`lim jazosi, iqlim o`zgarishlari oqibatlari, nogironlar hamda bolalar huquqlari, dori vositalariga bo`lgan huquq va boshqa masalalar muhokama qilinayapti.

Inson huquqlari bo`yicha kengash BMT Bosh Assambleyasi organi bo`lib, unga 47 ta davlat kiradi. Kengash sessiyasida BMT a`zolari bo`lgan yuzdan ortiq davlatlar delegasiyalari qatorida O`zbekiston delegasiyasi ham qatnashmoqda. Tadbirda ikki davlat rahbari, to`rt nafar vise-prezident, 58 nafar vazir hamda 21 vazir o`rinbosari ma`ruza qildi.

O`zbekiston delegasiyasi mamlakatimizning bugungi ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy taraqqiyoti haqida ma`ruza taqdim etdi. Unda ta`kidlanganidek, 2 mart kuni O`zbekistonning BMTga a`zo bo`lganiga 25 yil to`ldi. Bu mustaqil taraqqiyotimizni mustahkamlash, respublikamiz suvereniteti xalqaro huquqning teng huquqli sub`ekti sifatida tan olinishida muhim omil bo`lib xizmat qildi.

Joriy yilning fevral oyida mamlakatimiz rahbari Farmoni bilan 2017 — 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu dasturilamal hujjatda davlat hamda jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli hamda amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish ko`zda tutilgan.

Harakatlar strategiyasi, mohiyatiga ko`ra, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish bo`yicha O`zbekistonning “yo`l xaritasi”ga aylandi. Davlatimiz rahbari tashabbusiga asosan, 2017 yil yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e`lon qilindi. Shu yilning 21 fevral kuni esa qonun ustuvorligini qaror toptirish, inson huquqlari himoyasi kafolatlarini mustahkamlash maqsadida “O`zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmon qabul qilindi. Unda sud hokimiyatining mustaqilligini, sudlarning ixtisoslashuvini ta`minlash, fuqarolar huquq hamda erkinliklari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Iqtisodiyotda xususiy mulkni himoya qilish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish eng muhim ustuvor yo`nalishlar sifatida belgilab olingan. O`zbe¬kis¬ton birinchilardan bo`lib Inson huquqlari bo`yicha kengashning tadbirkorlik faoliyatining rahbariy tamoyillari bo`yicha rezolyusiyasi qoidalarini muhokama etdi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi, 2017-2018 yillar uchun tegishli Davlat dasturi tasdiqlandi, Odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha Respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan.

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish maqsadida mamlakatimiz barcha hududida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tuzildi, aholi bilan doimiy muloqot o`rnatish uchun yangi mexanizm hamda samarali uslublar joriy etilayapti. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyat yuritmoqda. O`tgan davrda unga 510 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi.

Xalqaro mehnat tashkiloti bilan kons¬truktiv hamkorlik izchil davom etmoqda. Xususan, 2020 yilgacha mo`ljallangan ¬Munosib mehnat bo`yicha mamlakat dasturi qabul qilindi. Xalqaro mehnat tashkilotining Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to`g`risidagi 87-sonli konvensiyasi ratifikasiya qilindi. Uning qoidalarini implementasiya qilish maqsadida “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunlarga tegishli o`zgartish hamda qo`shimchalar kiritildi. Yana bir jihat, 2016 yilgi paxta yig`im-terim jarayoni mustaqil monitoringi bo`yicha e`lon qilingan hisobotda Xalqaro mehnat tashkiloti O`zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanish amaliyoti yo`qligi haqida xulosa bergan.

Mamlakatimiz BMT ustav, shartnomaviy organlari, agentliklari hamda ¬Inson huquqlari bo`yicha maxsus proseduralari bilan faol hamda amaliy muloqot olib bormoqda. Mustaqillik yillarida BMTning shartnomaviy organlariga O`zbekistonning 35 dan ortiq milliy ma`ruzalari taqdim etilgan.

Ijtimoiy sohada BMTning yoshi ulug` insonlarga nisbatan prinsiplarini amalga oshirish maqsadida “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi. Yurtimiz Keksalar huquqlari to`g`risidagi konvensiya loyihasini ishlab chiqish bo`yicha BMT sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlamoqda.

Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi dunyoning 133 ta davlati bilan diplomatik aloqalar o`rnatgan. Mamlakatimiz 198 ta ko`p tomonlama shartnoma, shu jumladan, BMT hamda uning agentliklarining 119 ta, MDH mamlakatlari bilan 55 ta, ShHT davlatlari bilan 24 ta shartnoma doirasida o`z majburiyatlarini bajarmoqda. O`zbekiston 47 ta davlatda diplomatik vakolatxonasiga ega.

O`zbekiston yutuqlari BMTning Inson huquqlari bo`yicha kengashining 34-sessiya¬sida yuqori baholandi. Xususan, BMT Taraqqiyot dasturi rahbari Helen Klark qayd etganidek, BMT Taraqqiyot ¬dasturi 2008 yildan beri yuzdan ortiq mamlakatlarning milliy inson huquqlari tashkilotlariga ko`mak berib keladi. Fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik masalalarida katta tajriba to`plandi. U O`zbekistonda 2014 yildan beri amalga oshirib kelinayotgan loyihalarni namuna qilib ko`rsatdi. Shartnomaviy organlarning, shu jumladan, Universal davriy hisobotlar doirasida bildirgan tavsiyalari bajarilishi ustidan monitoring olib borish bo`yicha milliy harakatlar rejasi birgalikda ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Helen Klark ushbu hujjat 40 dan ortiq milliy muassasalar va tashkilotlarning keng ishtirokida tayyorlanganini alohida ta`kidladi. BMT Taraqqiyot dasturi rahbari BMTning Inson huquqlari bo`yicha kengashi yuqori darajasining yillik munozaralarida ham O`zbekiston sa`y-harakatlarini yana bir karra e`tirof etdi.

Inson huquqlari bo`yicha kengash sessiya¬sida BMTning Inson huquqlari bo`yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn yillik ma`ruzasi bilan chiqish qildi. U ma`ruzasida, jumladan, shunday dedi: “O`zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan BMTning huquqni muhofaza etish mexanizmlari tavsiyalariga muvofiq, bir qator qonunlar ishlab chiqildi hamda qabul qilindi. Yaqinda e`lon qilingan sud-huquq islohotlari haqidagi Farmonda odil sudlovni va sudlarning chinakam mustaqilligini ta`minlash uchun sharoit yaratish ko`zda tutilgan. Ushbu hujjatlarning amalga oshirilishi butun mamlakat xalqi uchun ijobiy natija keltiradi”.

Respublikamizning BMT bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama etish maqsadida O`zbekiston delegasiyasi Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuvda Oliy komissar yurtimizda jamiyat hayotining barcha jabhasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan batafsil tanishtirildi. Unga fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish bo`yicha ro`yobga chiqarilayotgan chora-tadbirlar xususida so`zlab berildi. Zayd Raad al-Husayn qonun ustuvorligini ta`minlash hamda sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 2017 — 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining asosiy yo`nalishlaridan biri sifatida belgilanganini yuqori baholadi.

Oliy komissar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning inson huquqlarini ta`minlash borasidagi tashabbuslarini qayd etib o`tdi. Uning so`zlariga ko`ra, bu tashabbuslar yuksak demokratik andozalarga javob beradi va mamlakatning xalq farovonligini izchil oshirish yo`lida o`z sheriklari bilan muloqotga ochiqligini ko`rsatadi. Zayd Raad al-Husayn Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda O`zbekistonga ko`maklashishga tayyor ekanligini bildirdi.

Inson huquqlari bo`yicha kengash 34-sessiyasi doirasida O`zbekiston Respublikasi BMTga a`zo bo`lganining 25 yilligiga bag`ishlab brifing o`tkazildi. Unda yirik xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, jamoatchilik hamda ilmiy doiralar, ekspertlar qatnashdi. Tadbirda mehmonlarga mamlakatimizda ¬siyosiy, sud-huquq va sosial-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil axborot berildi. Mehmonlar Harakatlar strategiyasi hamda uni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi bilan tanishdilar.

Xususan, Jeneva diplomatik doirasi prezidenti Robert Blum mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirish, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta`minlash maqsadida hayotga tatbiq qili¬nayotgan keng ko`lamli o`zgarishlar jarayoniga ijobiy baho berdi. Uning qayd etishicha, mustaqillik yillarida qonun ustuvorligi asosida barpo qilingan ochiq hamda barqaror siyosiy tizim mana shunday islohotlarga yo`l ochdi.

— O`zbekiston o`z oldiga qo`ygan oliy maqsad — rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olish, xalqi uchun farovon turmush sharoitlarini yaratish yo`lida dadil odimlamoqda, — dedi R. Blum.

Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari ham O`zbekiston va XMTning birgalikdagi sa`y-harakatlari tufayli mehnat sohasidagi asosiy huquq hamda tamoyillarni ilgari surishda ham sezilarli natijalarga erishilganini ta`kidladi. Ularning bildirishicha, shu yil 28 fevral kuni imzolangan 2017 — 2020 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasida munosib mehnat mamlakat dasturini uzaytirish to`g`risidagi bitim ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Yurtimizda inson huquqlarini muhofaza etishga BMT bilan hamkorlikning ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida qaraladi. BMT Taraqqiyot dasturi va O`zbekiston o`rtasida inson huquqlari sohasida hamkorlik to`g`risida anglashuv memorandumi imzolandi. Binobarin, BMTning Markaziy Osiyo mintaqasiga e`tiborini kuchaytirish, shartnomaviy organlar faoliyatini takomillashtirish, inson huquqlari bo`yicha milliy institutlarni mustahkamlash mamlakatimiz uchun katta ahamiyatga egadir.

Akmal SAIDOV,

Inson huquqlari bo`yicha

O`zbekiston Respublikasi

Milliy markazi direktori.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
BMTning Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari bilan uchrashuv bo`ldi

15.03.2023, 10:55

2023 yil 13 mart kuni Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlaribo`yicha Oliy komissari Folker Tyurk bilan uchrashuv bo`ldi. Uchrashuvda O`zbekistonda inson...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1