1

​Shahzoda: “Shahzoda bilan Rayhon bo`lmaganida nima qilar edinglar?”

Shou-biznes 16.03.2017, 12:11
Teglar: Rayhon G`anieva, Shahzoda
​Shahzoda: “Shahzoda bilan Rayhon bo`lmaganida nima qilar edinglar?”

Shahzoda hamkasbi Rayhon bilan munosabatlari haqidagi savollarga nuqta, hatto undov(!) belgisi qo`yish payti kelganini ma`lum qildi.

Xonanda Shahzoda “Shok.uz” saytiga intervyu berdi. Suhbat davomida Shahzodaga, tabiiyki uning Rayhon bilan munosabatlari haqidagi savollar ham berildi. Shahzoda bu savollarga javob berar ekan, “Shahzoda va Rayhonsiz nima qilar edinglar?” deya xazilomuz kinoya qildi.

Xonanda Rayhon bilan duet kuylamasligini va u bilan nima sababdan oralaridan ola mushuk o`tgani sabablariga to`xtalib, ortda qolgan og`riqlarni eslashni istamasligini aytib o`tdi.

“Dugona shunday bo`lishi kerakki, boshingga ish tushganda u hamisha yoningda bo`lishi kerak. Butun dunyo seni qoralab, senga qarshi bo`lib turgan paytda ham u sen tomon bo`lishi kerak. Inson boshiga og`ir sinov tushganida yaqin do`stlarining mehrini, qo`llab-quvvatlashini istaydi. Mening boshimga tushgan og`ir kunlarda esa yonimda turmush o`rtog`im, yaqin do`stim Davron bo`lishdi”,—deydi Shahzoda Rayhon uning boshiga og`ir kunlar tushganida dilini og`ritgani haqidagi savolga javob berar ekan.

Shahzoda Rayhonning onasi, marhum aktrisa Tamara Shokirovani juda qattiq hurmat qilishini ma`lum qildi:

“Rayhon haqida gapirar ekanman, bir narsani aytishni istardim: Men uning onasi Tamara opani juda yaxshi ko`rardim va haligacha yaxshi ko`raman. Biz u bilan do`stlashib yuorgan paytimizda, ularnikiga borganimda men ko`proq Rayhonning onasi bilan suhbatlashardim. Tamara opaning ham hayoti silliq kechmagan. U menga hayotida yuz bergan turli qiyinchiliklar, baxtli hodisalar haqida ko`p narsalar gapirib berardi. Men bu ayolning irodasi, bardoshidan ilhomlanardim. Bu ayolni juda hurmat qilardim va hurmat qilaman”.

Sharhlar

Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...

03.07.2018, 10:53

Xonanda Shahzoda jonli ijroda ijod qilish haqidagi savollarga javob berdi. Uchrashuvdagi qiziqarli savol-javoblarni e`tiboringizga havola etamiz... — Amerikalik xonanda Ronni Jeyms Dio “Fonogrammada berilgan kosertga...
Parizodaning qizi mashhur xonandaning klipida rol o`ynadi

02.07.2018, 22:13

Shahzodaning instagram sahifasini kuzatadigan bo`lsak, ijodiy faoliyatini virtual kuzatish, yangiliklaridan boxabar bo`lib turish mumkin...Misol uchun, xonanda sal kam bir oydan buyon reklama qilayotgan "Jajji qizaloq"...
Shahzoda jonli ijro haqida...

02.07.2018, 21:33

Xonanda Shahzoda jonli ijrodagi konsert berish haqilagi savollarga javob berib o`tdi...— Amerikalik xonanda Ronni Jeyms Dio “Fonogrammada berilgan kosertga kserokopiya qilingan pul to`lash kerak”, degandi....
Rayhon G`anievaning yangi oilaviy suratlarini ko`rdingizmi?

26.06.2018, 10:51

Rayhon G`anieva o`zining instagramdagi sahifasida yangi oilaviy suratlarini taqdim etdi... O`g`illari — Islom va Imron, singlisi — Nasiba va jiyani — Latifaning rasmlari xonandaning muxlislari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1