Xonanda Lola Toshkent shahridagi chorraharga o`rnatilgan kameralar ishga tushgani uni ham intizomli bo`lishga undaganini ma`lum qildi.
“Xayrli tong! Ishga ketyapman. Yo`llardagi kameralar hatto meni ham tartibga solmoqda. Men endi rulda emasman!”,—deb yozdi Lola o`zining Instagram`dagi sahifasida.
Lolaning bu qarori uni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boruvchi muxlislari o`rtasida keng muhokama qilinmoqda. Ular Loladan mazkur fikrga kelishi sabablarini so`radi.
Ularga xonanda quyidagicha javob berdi:
“Men boshqa avtomomobil boshqarmayapman. Hayotim uchun mas`uliyatni ishonchli qo`llarga topshirdim”.
Ma`lumot uchun, Toshkent shahridagi 115 ta chorrahaga o`rnatilgan kameralar 2017 yilning 15 martidan boshlab haydovchilar tomonidan yo`l qo`yilgan qoidabuzarliklarni qayd eta boshladi.