AsosiySport

JCh–2018 saralashidagi raqiblar: Janubiy Koreya o`z maydonida Suriyani mag`lubiyaga uchratdi

'JCh–2018 saralashidagi raqiblar: Janubiy Koreya  o`z maydonida Suriyani mag`lubiyaga uchratdi'ning rasmi

O`zbekiston terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turida Janubiy Koreya terma jamoasi o`z maydonida Suriya futbolchilarini qabul qildi.

Suel shahridagi World Cup Stadium maydonida bo`lib o`tgan o`yinda maydon egalari Xong Jyong-Xo tomonidan uchrashuvning 4-daqiqasida kiritilgan yagona gol evaziga zafar quchdi.

Janubiy Koreya mazkur g`alabadan keyin ochkolari sonini 13 taga etkazib oldi va ikkinchi o`rinni saqlab qoldi. Suriya 8 ochko bilan to`rtinchi pog`onadan siljimadi.

JCh–2018 saralashi, 7-tur
Seul, Janubiy Koreya
28 mart, seshanba

Janubiy Koreya – Suriya

Gol: Xong Jyong-Xo (4)

Ogohlantirishlar: San-Tae (90+3) – Mardikyan (90)

Boshqa yangiliklar